United Kingdom

For medical exam scheduling, please call morning time from 8:00 till 12:00 and afternoon time from 14:00 till 17:00

Для записи на медосмотр звонки принимаются с 8:00 до 12:00 и с 14:00 до 17:00

Tibbiy ko’rikdan o’tish uchun qo’ng’iroqlar 8:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi

BUYUK BRITANIYAGA TALABALIK, MEHNAT VA MEXMON VIZALARI UCHUN XUJJAT TOPSHIRUVCHILAR UCHUN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH JARAYONI.

Toshkent xalqaro klinikasi Buyuk Britaniya vizasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatadi.

Quyida tibbiy ko‘rikga yozilish va to‘lovni amalga oshirish jarayoni bo‘yicha bosqichma bosqich keltirilgan.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun navbatga yozdirishdan oldin www.intms.org veb sayti orqali to‘lov qilishingiz lozim.

Eslatma: To‘lovni amalga oshirish uchun quyida ko‘rsatib o‘tilgan xujjatlar to‘plami kerak bo‘ladi:

  • Rasm – 3×4 xajmda, elektron ko’rinishda (rasm rangli, oq fonda va oxirgi 6 oy ichida olingan bo‘lishi lozim) 
  • Xorijga chiqish pasporti (qizil pasport) –shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish uchun.
  • Elektron pochta manzili .
  • To’lov kartasi: Master Card yoki Visa kredit kariasi orqali amalga oshiriladi.

Veb saytga kirganingizdan so‘ng, kerakli davlatning bayrog‘ini tanlab, anketaga ma’lumotlarni to‘ldirishni boshlang.

Quyida tibbiy ko‘rik to‘lovi uchun to‘ldiriladigan anketa bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etilgan:

1-bosqich—Shaxsiy ma’lumotlar .

Rozilik shartlarini diqqat bilan o‘qing. Shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilishga rozilik berganingizdan so‘ng, navbatdagi bosqichga o‘tasiz.

2-bosqich

Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi odamlar sonini belgilang.

3-bosqich

Ushbu bosqichda o‘zingiz va oila a’zolaringiz (agar oila a’zolaringiz xam tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bo‘lsa)ni pasport ma’lumotlarini (xorijga chiqish pasporti bo‘yicha) va rasmlarni yuklashingiz lozim. Ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘ldirganingizdan so‘ng, siz avtomatik ravishda xalqaro tibbiy xizmatlar portaliga o‘tib ketasiz. Ushbu portalda alohida o‘zingiz uchun yoki oila a’zolaringiz bilan bo‘lsa, umumiy tibbiy ko‘rik uchun to‘lov miqdorini avtomatik ravishda xisoblab beradi.

Diqqat qiling: Toshkent xalqaro klinikasi tibbiy ko‘rik uchun to‘lov qabul qilmaydi, to‘lovingiz Xalqaro tibbiy xizmatlar servislar markaziga yo‘naltiriladi.

Tibbiy ko‘rik uchun xisoblangan to‘lov miqdori:

0 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun-50 AQSh dollari

11 yosh va undan katta bo‘lgan shaxslar uchun-95 AQSh dollari

4-bosqich: Mazkur bosqichda sizga “MASTER CARD” va “VISA”xalqaro valyuta kartalridan biri kerak bo‘ladi.

-Karta egasining ismi va familiyasi, karta raqami va amal qilish muddati xatosiz to‘ldirilganiga ishonch xosil qilishingiz lozim.

-To‘lov kartasida yetarli mablag‘ borligini tekshirib oling.

-To‘lovni muvaffaqiyatli amalga oshirganingizdan so‘ng kvitansiya va siz to‘ldirgan anketa ma’lumotlari Toshkent xalqaro klinikasiga shuningdek siz ko‘rsatgan elektron adresingizga yuboriladi.

-Agarda to‘lov qilish so‘rovingiz rad etilsa, to‘lov rad etilganini sababini bilish uchun kartani taqdim etgan bank ma’muriyatiga murojaat qiling.

-To‘lov qilingan pul mablag‘i ortga qaytarilmaydi.

5-bosqich: Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun navbatga yozdirish

-To‘lovingiz tasdiqlangandan so‘ng Toshkent xalqaro klinikasiga navbatga yozdirish uchun +99878 120-11-20 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Qo‘ng‘iroqlar Dushanbadan Jumagacha 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.

6-bosqich: Tibbiy ko‘rikdan o‘tish kuni:

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish kuni navbatga yozdirilgan vaqtga o‘z vaqtida (och qoringa kelish shart emas) kelishingiz lozim. Belgilangan vaqtdan oldin kelmang, shuningdek kech qolmasdan kelishingizni tavsiya qilamiz.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kerakli xujjatlar ro‘yxati:

-O‘zingiz va oila a’zolaringizning xorijga chiqish pasportlari.

-Xorijga chiqish pasportlari nusxasi (1 donadan).

-Rasm 3×4 xajmda, bosib chiqarilgan xolatda bo‘lishi lozim (2 dona). Rangli, oq fonda va oxirgi olti oy ichida ramga olingan bo‘lishi lozim.

-Ishga taklif qilinganligi haqidagi taklifnoma xujjati, o‘qishga kirganligi haqidagi universitet tomonidan yuborilgan xujjat(qog‘ozga chiqarilgan ko‘rinishda).

-Mexmon vizasi orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan holatda, Buyuk Britaniyadagi yashash manzilini 1 ta varoqda bosma xarflarda yozdirilgan bo‘lishi lozim.

Shartlar va qoidalar.

Ushbu xolatda taqdim etilgan barcha ma’lumotlaringizni ishonchliligi va aniqliligiga o‘zingiz javobgar bo‘lasiz.

-Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi shaxs ko‘rikdan o‘tish uchunxorijga chiqish pasporti(asl nusxasi) va tibbiy ko‘rik uchun kerakli bo‘lgan barcha xujjatlar (4-bosqichga qarang) bilan belgilangan vaqtda kelishi lozim.

– Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi shaxs Toshkent xalqaro klinikasi xududiga kirish tartib-qoidalariga rioya qilishi lozim.

-Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi shaxsdan uyali aloqa vositasini o‘chirib, barcha elektron qurilmalar, shuningdek barcha turdagi suyuqliklarni klinika xavfsizlik bo‘limi xodimlariga berish so‘raladi.

Video kuzatuv kameralari:

Diqqat qiling, klinikadagi barcha jamoat xonalari video kuzatuvida bo‘lib video yozib olinadi (audio yozuvlrai xam).

Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998-78 120-11-20 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib bilsangiz bo‘ladi.